Odina masjidi
Qarshi shahridagi qadimiy masjid / From Wikipedia, the free encyclopedia
Odina masjidi (Nasaf Katta jomeʼ masjidi[2]) — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida saqlanib qolgan eng qadimiy meʼmoriy yodgorlik. Masjid 1380-yillarda bunyod etilgan. Odina masjidi Registon majmuasiga kirgan meʼmoriy inshootlardan biri hisoblangan. Masjid Qarshi qal’asining markazida joylashgan[3].
Odina masjidi | |
---|---|
Odina masjidining old tarafdan koʻrinishi (2023-yil) | |
Eski nomlari |
Nasaf Katta jomeʼ masjidi Masjidi kalon |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | davlat muhofazasida[1] |
Joylashuvi | Eski shahar |
Manzili | Odina bog‘i |
Shahar | Qarshi |
Mamlakat | O‘zbekiston |
Koordinatalar | 38.867688°N 65.803166°E / 38.867688; 65.803166 G O |
Qurilishi tugagan | XIV asrning 80-yillari |
Buzilgan sana | 1868-yil |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht |
Qavatlar soni | 1 qavat |
Odina masjidi |
Amir Temur 1385—1386-yillardagi yurishi paytida Samarqanddan kelishda Qarshining markazida usbu masjidni bunyod ettirgan[3].
Hozirda masjid Qarshi shahrining „Eski shahar“ qismidagi Odina bog‘ida joylashgan[4].
Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq, 2021-yil Odina masjidida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgan[5].