Qaragʻandi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qaragʻandi (qozoqcha: Қарағанды) — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi. Temir yoʻl bekati. Aholisi 475 267 kishi (2012). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻandi viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zavodlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻandi bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (19-asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandining markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.
Qarag'andi Қарағанды | |
---|---|
shahar | |
49°48′0″N 73°7′0″E G O | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Qarag'andi viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Abdishev Baurjan Tuyteevich |
Asos solingan | 1931 |
Ilk eslatilishi | 1934 |
Maydon | 550 km2 (210 mi²) |
Markazi balandligi | 553 m |
Aholisi (2013) |
479 211[1] |
Zichligi | 846 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar 50,57 % qozoqlar 36,25 % ukrainlar 4,80 % olmonlar 3,31 % tatarlar 3,05 % koreyslar 1,57 % beloruslar 1,16 % [2][3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7212 |
Pochta indeks(lar)i | 100000-100030 |
Avtomobil kodi | M |