Qizil panda
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qizil panda (Ailurus fulgens; kichik panda nomi bilan ham tanilgan) — asosan, Sharqiy Himolay va Xitoyning janubi-gʻarbiy hududlarida uchrovchi kichik sutemizuvchi jonivor. Qizil pandaning yungi qalin qizil-jigarrang boʻlib, qorin qismining va oyoqlarining qora rangi, hoshiyasimon oq rangdagi quloqlari, oq tumshugʻi hamda halqasimon chiziqlarga ega dumi uni boshqa hayvonlardan oʻzgacharoq qilib koʻrsatadi. Pandaning tana uzunligi 51—63,5 sm boʻlib, dumi 28—48,5 sm ga yetadi. Ogʻirligi 3,2 dan 15 kg ga qadar yetishi mumkin. Egiluvchan boʻgʻinlari va yoysimon, yarim bukilgan tirnoqlari tik qiyaliklar hamda daraxtlarga oson chiqish imkonini beradi.
Qizil panda | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
(IUCN3.1) [1] | ||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||
| ||||||||
Qizil panda yashash hududi | ||||||||
A. f. fulgens F. Cuvier, 1825-yi | ||||||||
Qizil panda ilk bor 1825-yilda oʻrganilgan. Hozirgi vaqtda tan olingan ikkita kichik turi — Himolay va Xitoy qizil pandasi mavjud boʻlib, ular taxminan 250 000 yil oldin yashagan boshqa turdan ajralib chiqqan. Qizil pandaning evolyutsion shakllanishi davomida odatiy pandalar kabi yerda emas, aksincha daraxtlarda yashashga moslashganligi aniqlangan. Ammo zamonaviy genetik tadqiqotlar uning rakunlar, suvsarlar va skunkslar bilan oʻxshash ekanligini isbotlagan. Bu tur asli ayiq hisoblanuvchi gigant pandalar bilan bogʻliq boʻlsa-da, aslida tanasi unchalik ham katta emas Har ikkala tur ham choʻziq bilak suyaklariga hamda bambukni ushlashga moslashgan „soxta bosh barmoqlarga“ egaligi ularning oʻxshash jihatlari sifatida tan olinadi. Qizil pandaning (Ailuridae) evolyutsion rivojlanishi taxminan 18—25 million yil davom etgan. Yevroosiyo va Shimoliy Amerika hududidan 18 million yil avval yashagan va hozirda yoʻqolib ketgan qizil panda ajdodlarining qoldiqlari topilgan.
Qizil panda ignabargli oʻrmonlarda, shuningdek, moʻtadil iqlimli, keng bargli va aralash oʻrmonlarda yashaydi. Suv manbalariga yaqin boʻlgan zich bambuk qoplamali tik yonbagʻirlarni afzal koʻradi. Ayiq asosan bambuk kurtaklari va barglari bilan oziqlanadi. Shu bilan bir qatorda oʻsimliklarning mevalari va gullarini ham yeydi. Qizil pandalar erta bahorda juftlashadi, urgʻochilari yozda toʻrttagacha bola tugʻadi. Brakonerlikning rivojlanishi, shuningdek, oʻrmonlarning ommaviy kesilishi oqibatida yashash joylarining vayron boʻlishi hamda ov qilinishi tufayli qirilib ketish xavfi ostida. Ushbu tur 2015-yildan beri IUCN Qizil roʻyxatiga xavf ostida boʻlgan turlar qatoriga kiritilgan. Barcha mamlakatlarda muhofaza ostidagi hayvonlar roʻyxatida turadi.
Nepal, Butan va Hindistonning shimoli-sharqida jamoatchilik bilan birgalikda amalga oshiriluvchi tabiatni muhofaza qilish dasturlari boshlangan. Xitoy bu borada koʻplab tabiatni muhofaza qilish loyihalarini ishlab chiqqan. Dunyo boʻylab hayvonot bogʻlarida qizil pandalarni koʻpaytirish boʻyicha mintaqaviy dasturlar tashkil etilgan.
Qizil panda obrazi animatsion filmlar, videooʻyinlar, komikslarda tez-tez uchraydi, shuningdek, ayrim kompaniyalar va musiqa guruhlari ham oʻzlariga nom va brend belgisi sifatida qizil panda koʻrinishini tanlashgan.