Res judicata
From Wikipedia, the free encyclopedia
Res judicata (RJ) yoki res iudicata, shuningdek, "claim preclusion" ("daʼvoning oldini olish") sifatida ham tanilgan, lotincha "hal qilingan masala" maʼnosini bildiruvchi atama boʻlib, fuqarolik huquqi va umumiy huquq tizimidagi ikkita tushunchadan birini anglatadi: ish yuzasidan yakuniy hukm mavjud va endi uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas; hamda aynan bir xil taraflar oʻrtasidagi daʼvoni qayta koʻrib chiqishni taqiqlash (yoki oldini olish) uchun moʻljallangan huquqiy taʼlimot.
"Res judicata" mavjud boʻlgan taqdirda, masalani aynan oʻsha sudda ham, boshqa sudda ham qayta koʻrib chiqish mumkin emas. Sud bir ishni yana qayta koʻrib chiqishni rad etish uchun "res judicita"dan foydalanadi.[1]
"Res judicata" doktrinasi — bu ishning taraflariga nisbatan adolatsizlikning oldini olish usuli, shuningdek, baʼzi hollarda yoxud koʻpincha huquqiy resurslarini keraksiz isrof qilishdan saqlanish usuli hisoblanadi. "Res judicata" nafaqat kelajakdagi hukmlarning oldingi hukmlarga zid boʻlishiga toʻsqinlik qiladi, shuningdek, taraflarning koʻp sonli sud qarorlari va chalkashliklardan himoya qiladi.