Rijks muzeyi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Andoza:Muzey bilgiqutisi
Rijks muzeyi (nemischa: [ˈrɛiksmyˌzeːjʏm]) Gollandiyaning Gollandiya sanʼati va tarixiga bagʻishlangan milliy muzey. Poytaxt Amsterdamda joylashgan[1][2]. Muzey janubiy Amsterdam tumanidagi Muzey maydonida, Van Gog muzeyi, Amsterdam Stedelijk muzeyi va Concertgebouw yaqinida joylashgan.
Rijks muzeyi 1798-yil 19-noyabrda Gaagada tashkil etilgan va 1808-yilda Amsterdamga koʻchirib oʻtkazilgan, u yerda dastlab Qirollik saroyida, keyinroq Trippenxuisda joylashgan. Hozirgi asosiy bino arxitektor Per Kuypers tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi marta 1885-yilda ochilishi boʻlib oʻtgan[3]. 2013-yil 13-aprelda, 375 million yevroga teng boʻlgan oʻn yillik taʼmirdan soʻng , asosiy bino Qirolicha Beatriks tomonidan qayta ochilgan[4][5][6]. 2013 va 2014-yillarda bu yer Niderlandiyadagi eng koʻp kishilar tashrif buyuradigan roʻyxatda rekord koʻrsatkichni qayd etdi: 2,2 milliondan 2,47 milliongacha mehmonlar tashrif buyurdilr[7]. Shuningdek, u mamlakatdagi eng yirik sanʼat muzeyidir.
Muzeyda 8000 ta sanʼat va tarixiy ashyolar mavjud. Ashyolarning asosiy qismi 1200-2000-yillarga oid. Jumladan Rembrandt, Frans Hals va Johannes Vermeerning baʼzi durdona asarlari oʻrin olgan. Muzeyda Osiyo pavilyonida kichik Osiyo kolleksiyasi ham namoyish etililadi.