Robert Oppenheimer
From Wikipedia, the free encyclopedia
Julius Robert Oppenheimer (1904-yil 22-aprel New York — 1967-yil 18-fevral, Prinston) — amerikalik fizik. Harvard universitetini tugatgan (1925), Cambridge va Gyottingen universitetlarida ham oʻqigan (1925—1927-yillar). Leyden va Syurixda ishlagan (1928—1929), Kaliforniyadagi universitet va texnologiya instituti professor (1929), Prinstondagi Fundamental tadqiqotlar instituti direktori (1947-yildan)[4]. Ilmiy ishlari kvant mexanika, kosmik nurlar fizikasi, nisbiylik nazariyasi, elementar zarralar fizikasi, neytron yulduzlar nazariyasiga oid. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—1945)da Los-Alamosdagi yadro labaratoriyasiga rahbarlik qilgan, atom bombasining yaratilishida faol ishtirok etgan. Vodorod bombasini joriy etishga qarshilik koʻrsatgani va atom energiyasidan faqat tinch maqsadlarida foydalanish tarafdori boʻlganligi uchun 1954-yilda maxfiy ishlar bilan bogʻliq boʻlgan barcha vazifalaridan chetlatilgan[5].
J. Robert Oppenheimer | |
---|---|
Tavalludi |
22-aprel 1904-yil New York shahri, AQSh |
Vafoti |
18-fevral 1967-yil(1967-02-18) (62 yoshda) Princeton (New Jersey), AQSh |
Fuqaroligi | AQSh[1][2][3] |
Sohasi | Nazariy fizika |
Ish joylari |
|
Tezis sarlavhasi | Zur Quantentheorie kontinuierlicher Spektren |
Akademik rahbarlari | Max Born |
Mashhur shogirdlari |
|
Mashhur ishlari |
|
Mukofotlari |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Katherine "Kitty" Puening (turm. 1940) |