Samarqand viloyati
Samarqand viloyat / From Wikipedia, the free encyclopedia
Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridan biri hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan[1]. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Samarqand |
Yirik shaharlari | Samarqand, Kattaqoʻrgʻon. |
Hokim | Erkinjon Turdimov |
Aholi (2024 yil 1 yanvar) |
4 208 500 (11,4 % , (1-oʻrin) |
Millatlar tarkibi |
O'zbek Tojik Rus |
Dinlar tarkibi | Islom |
Maydoni | 16,88 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | UZ-SA |
Telefon kodi | 3(66) |
Avtomobil raqami kodi | 30-39 |
Rasmiy sayti | samarkand.uz |
Xaritada | |
Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Aholi soni 2022-yil holatiga koʻra, 4 mln 077 ming 400 kishi[2]. Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi.Samarqand viloyatida 2022- yil 1- iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga o'rtacha 242,7 kishi to'g'ri kelgan. [3] Aholisi, аsosan, o'zbeklar, shuningdek, tojik, rus, forslar, ukrain, ozarbayjon, arman, koreys, belorus, tatar, mesxeti turklari, yahudiylar, lo'lilar va boshqa millat vakillari yashaydi.
Viloyat hududi 16,88 ming km². Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular Samarqand va Kattaqoʻrgʻon[4][5].
Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924—1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.
TABIATI
Samarqand viloyati Pomir-Oloy togʻlarining gʻarbiy chekkasida, Zarafshon daryosining oʻrta qismida joylashgan. Relyefi, asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan va shimoldan Turkiston togʻ tizmalarining tarmoqlari (Nurota togʻi balandligi 2169 m), Oqtogʻ, 2003 m, janubdan Zarafshon togʻ tizmalari bilan oʻralgan Zarafshon daryosi vodiysini egallagan. Vodiy sharqdan (750-800 m) gʻarbga qarab (350 m) pasayib boradi. Vodiy qiya tekisliklar va adirlardan iborat.