Shchetsin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shchetsin (polyak tilida Szczecin, nemis tilida Stettin) – Polshaning shimoliy-gʻarbiy qismidagi shahar. Gʻarbiy Pomeraniya voyevodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 405,6 ming kishi (2010)[1]. Transport yoʻllari chorrahasi. Odra daryosi boʻyidagi yirik port. Mamlakat tashqi savdo yuklarining katta qismi Shchetsin porti orqali oʻtadi. Mashinasozlik (kemasozlik va boshqalar), metallurgiya, kimyo, tsellyulozaqogʻoz, oziqovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash bazasi. Universitet, teatrlar bor. Shahar ilk bor 9-asrda tilga olingan. 13—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqdangan.
Shchetsin — Polshaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Shchetsin voyevodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 416,9 ming kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Odra daryosi boʻyidagi yirik port. Mamlakat tashqi savdo yuklarining katta qismi Sh. porti orqali oʻtadi. Mashinasozlik (kemasozlik va boshqalar), metallurgiya, kimyo, sellyulozaqogʻoz, oziqovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash bazasi. Universitet, teatrlar bor. Shahar ilk bor 9-asrda tilga olingan. 13— 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqdangan.