Syzygium cumini
From Wikipedia, the free encyclopedia
Syzygium cumini, odatda Malabar olxoʻrisi, Java olxoʻrisi , qora olxoʻri, jamun, jaman, jambul yoki jambolan[2][3], - Myrtaceae gulli oʻsimliklar oilasiga mansub doim yashil tropik daraxt. Mevasi, yogʻochi uchun qadrlanadi[3]. Uning vatani Hindiston yarim orollari, janubi- sharqiy Osiyoning qoʻshni hududlari, jumladan Myanma, Shri Lanka va Andaman orollari[4]. Uning boʻyi 30 metr (98 ft) yetadi va 100 yildan ortiq yashashi mumkin[4]. Tez oʻsadigan oʻsimlik, u dunyoning koʻplab mintaqalarida invaziv tur hisoblanadi[3].
Syzygium cumini | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Oʻsimliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Rosids | |
Myrtales | |
Myrtaceae | |
Syzygium | |
S. cumini | |
Binar nomi | |
Syzygium cumini | |
Sinonimlar | |
List
|
Syzygium cumini Tinch okeani va Hind okeanlari orollari, Avstraliya, Gonkong va Singapur kabi hududlarda tabiiylashtirilgan[5].
Daraxt Florida shtatiga 1911-yilda Qoʻshma Shtatlar Qishloq xoʻjaligi departamenti tomonidan kiritilgan va odatda butun dunyo boʻylab tropik va subtropik mintaqalarda yetishtiriladi[6]. Uning mevalarini turli mahalliy qushlar va kichik sutemizuvchilar, masalan, shoqolla, sivetlar va meva koʻrshapalaklar uchun ozuqa hisoblanadi[3].