Temuriylar istilolari va bosqinlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Temuriylar istilolari va bosqinlari XIV-asrning boshlarida Temurning Chagʻatoy xonligi ustidan hukmronlik qilishi bilan boshlanib, XV asr boshlarida Amir Temurning oʻlimi bilan yakun topdi. Temur urushlarining koʻlamliligi va janglarda umuman yengilmaganligi tufayli u barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli harbiy qoʻmondonlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. Bu urushlar Temurning Oʻrta Osiyo, Fors, Kavkaz va Levant, Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropaning bir qismi ustidan hukmronlik qilishi hamda qisqa muddatli Temuriylar saltanatining shakllanishiga olib keldi[1]. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, uning harbiy yurishlari 17 million kishining o'limiga sabab bo'lgan, bu o'sha paytdagi dunyo aholisining taxminan 5 foizini tashkil qilgan[2].
Temur Balx jangida Chagʻatoy xonligi rahbari Amir Husaynni magʻlub etganidan soʻng Gʻarbiy Chagʻatoy xonligi (Transoksiana) ustidan hokimiyatni qoʻlga kiritdi, biroq Chingizxon tomonidan oʻrnatilgan qonunlar uning oʻzi xoqon boʻlishiga toʻsqinlik qildi. Shunday bo'lishiga qaramay Amir Temur harbiy yurishlarni boshlab yubordi va Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning koʻp qismi ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatdi[3]. U hech qachon imperator yoki xalifa unvonini qabul qilmagan, amir unvonini saqlab qolgan[4].
Temur oʻz hukmronligi va harbiy yurishlarini qonuniylashtirish uchun Husaynning bevasi, Chingizxon avlodidan boʻlgan malika Saroy Mulkxonimga uylanadi[5]. Shu tariqa u oʻzini Temur Gurgan (Buyuk Xon, Chingizxonning kuyovi) deb atagan[6][7]. Oʻgʻli va nabirasi Shohruh Mirzo va Xalil oʻrtasidagi vorislik urushi tufayli Temuriylarning Mamluklar sultonligi, Usmonlilar saltanati, Dehli sultonligi va Oltin Oʻrda honligi Oʻrta Osiyodagi temuriylar qoʻlga kiritgan hukmronligi zaiflashdi. Biroq Hindiston yarimorolida XIX asr oʻrtalarigacha uning chevarasi Bobur asos solgan Boburiylar davlati shaklida Temuriylar davlati saqlanib qoldi[8].