UEFA Ayollar Chempionlar ligasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi (ilgari UEFA ayollar kubogi (2001-2009) deb nomlangan) Yevropa ayollar futbol assotsiatsiyasining musobaqasidir. UEFA Ayollar Chempionlar ligasida Yevropa boshqaruv organi UEFAga aloqador mamlakatlarning top klub jamoalari ishtirok etadi.
Mavsum | UEFA Ayollar kubogi |
---|---|
2001—2002 | Frankfurt |
2002—2003 | Umeå |
2003—2004 | Umeå (2) |
2004—2005 | Turbine Potsdam |
2005—2006 | Frankfurt (2) |
2006—2007 | Arsenal |
2007—2008 | Frankfurt (3) |
2008—2009 | FCR Duisburg |
Mavsum | UEFA Ayollar Chempionlar ligasi |
2009—2010 | Turbine Potsdam (2) |
2010—2011 | Lyon |
2011—2012 | Lyon |
2012—2013 | VfL Wolfsburg (2) |
2013—2014 | Frankfurt (4) |
2014—2015 | Frankfurt (4) |
2015—2016 | Lyon (3) |
2016—2017 | Lyon (4) |
2017—2018 | Lyon (5) |
2018—2019 | Lyon (6) |
2019—2020 | Lyon (7) |
2020—2021 | Barcelona |
2021—2022 | Lyon (8) |
2022—2023 | |
Musobaqa birinchi marta 2001—2002-yillarda UEFA ayollar kubogi nomi ostida oʻtkazilgan va 2009—2010-yilgi mavsum uchun musobaqaning nomi Chempionlar ligasi nomiga oʻzgartirilgan. 2009-yildagi eng muhim oʻzgarishlar: Reytingda birinchi oʻrinni egallagan sakkizta davlat bilan ikkinchi oʻrin egallagan davlatlarning ham finalga chiqa olishi; avvalgi yillardagi ikki oʻyinli finaldan farqli ravishda bir martalik final oʻyinlarining belgilaniashi; UEFA Ayollar Chempionlar ligasi final oʻyinlari erkaklar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasi finali oʻtkazilgan shaharda oʻtkazilishi edi (2018-yilgacha bu amalda boʻlgan).
„ Lyon“ futbol klubi UEFA Ayollar Chempionlar ligasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli klub boʻlib, 8 marta chempionlikni qoʻlga kiritgan.