UEFA Chempionlar Ligasi
Yevropa futbol assotsatsiyasi turniri / From Wikipedia, the free encyclopedia
UEFA chempionlar ligasi (inglizcha: UEFA Champions League) — UEFA tasarrufi ostida har yili oʻtadigan Yevropadagi eng nufuzli klublararo turnir[1].
Tashkil etilgan |
1955 (69 yil avval) (1955) (Liga yangilangan yil - 1992) |
---|---|
Eng koʻp marta chempion |
Real Madrid (14 titles) |
Veb-sayt | uefa.com/uefachampionsleague |
Amaldagi oʻyin | 2022–23 UEFA Champions League |
Musobaqaning birinchi oʻtgan 1955/56 mavsumdan 1990/91 mavsumgacha nomi Yevropa chempioni kubogi boʻlgan. 1991/92 mavsumda esa musobaqa „Amstel chempionlar ligasi“ nomini oldi va guruh musobaqasidagi play-off tizimidan voz kechgan holda oʻz formatini oʻzgartirdi[2]. Bu birinchi Chempionlar ligasi oʻyini edi, hozirgi vaqtdagi musobaqa ramzi va gimni oʻsha vaqtda ishlab chiqilgan. 1992/93 mavsumdan boshlab, musobaqa hozirgi nomi bilan nomlana boshlandi.
Kubok/Liga gʻolibi 22 klubga nasib etgan. Ulardan 13 tasi turnirda bittadan koʻp gʻolib boʻlishgan. Musabaqa gʻolibligi boʻyicha rekord 14 karra gʻolib boʻlgan Ispaniyaning Real Madrid jamoasiga tegishli. Amaldagi gʻolib Ispaniyaning Real Madrid jamoasidir.