Valkiriya
Halok bo'lgan jangchilarni tanlovchilar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Valkiriyalar (halok boʻlgan jangchilarni tanlovchilar), Skandinav xalqlarining afsonalariga koʻra Odinning yordamchilaridir. Nayza va dubulgʻa bilan qurollangan Valkiriyalar goʻzal va bokira jangchi qiz koʻrinishida tasvirlanadi.[1] Osmondan qanotli otlar yordamida yerga tushgan Valkiriyalarning asosiy vazifasi Einherjar deb nomlangan jasur jangchilarni Valhallaga toʻplashdir.[2] Jasur jangchilarni Valhallaga toʻplashdan maqsad esa qiyomat (Ragnarok)dagi ulkan jang vaqtida Odin va Thorning yonida turib, qahramonlarcha jang qiladigan bahodir jangchilarni bir joyga yigʻish hisoblanadi.[3]