Vasudeva I
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vasudeva I (baqtriya tilida: Βαζοδηο Bazodeo; Middle brahmi yozuvida: Vā-su-de-va, xitoycha: 波調 Bodiao;) — kushon imperatori[2]. Kanishka I davrining 64—98-yillariga oid solnomalarida uning hukmronligi 191-yildan 232-yilgacha boʻlganligi qayd etilgan. U Shimoliy Hindiston va Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilgan, Balx (Baqtriya) shahrida tangalar zarb qildirgan. Uning hukmronligi sosoniylarning kuchayishi va kushon-sosoniylarning birinchi bosqinlari davriga toʻgʻri keladi[3].
Vasudeva I | |
---|---|
Kushon podsholigi | |
Vasudeva I yoki II tomonidan zarb qildirilgan oltin tanga.[1] | |
Saltanat | mil.avv 191-232 |
Oʻtmishdoshi | Huvishka |
Davomchisi | Kanishka II |
Sulola | Kushon |
Dini | Hinduiylik |
Vasudeva Idan oldin hukmronlik qilgan Huvishka davri manbalarida uning hukmronlik yili Kanishka davrining 60-yilida (milodiy 187-yil) boshlangan. Xitoy manbalarida Vasudeva I hukmronligi milodiy 229 yilda yakunlangan.
Uning „Vasudeva“ ismi hind xudosi Vasudevaga atab qoʻyilgan (ushbu ism Krishnaga ham tegishli hisoblangan). Vasudeva hind xudosi sharafiga nomlangan birinchi kushon shohi edi. U hukmronligi davrida hinduizmni qabul qilgan[4]. Vasudeva I hukmronligi davrida mamlakat markazi Mathura shahri boʻlgan.