Vikipediya:Ordenlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yulduz koʻrinishidagi orden (inglizcha: Barnstar) Vikipediyada unikallik emas. Bu ordenlar joriy etilishidan bir necha yil oldin ayrim viki-hamjamiyatlar oʻz foydalanuvchilariga omborxonadan topilgan yulduz (inglizcha: barn star) koʻrinishidagi mukofotlarni topshira boshlaganlar. Bunday yulduzlarni Vikipediya mukofotlariga aylantirish gʻoyasi MeatballWiki platformasida SunirShah tomonidan ilgari surilgan[1][2]. Shundan soʻng, dizaynerlar tomonidan ombor yulduzi dizaynini xuddi pasxa tuxumi singari syurpriz elementi sifatida loyihaga qoʻshish taklif etilgan[3].
Qisqacha: Orden — Vikipediya rivoji uchun salmoqli hissa qoʻshgan foydalanuvchilarning (vikitahrirchilarning) xolisona mehnatlariga mukofot sifatida boshqa foydalanuvchilar (vikitahrirchilar) tomonidan taqdim etiladigan ragʻbatlantirish vositasi. |
Yulduz shaklidagi orden Vikipediyada 2003-yil dekabrda MartinHarper tomonidan joriy etildi va shundan beri bu konsepsiya Vikipediya madaniyatida qattiq oʻrnashib qoldi[4]. Bu mukofotlar Ezgulik kampaniyasining bir qismi sifatida foydalanuvchilarga ezgulik va muloyimlik koʻrsatishga, shuningdek, VikiSevgi ulashishga undaydi. Mukofotlar yumshoq oʻyinchoqlarning turli-tuman koʻrinishi sifatida ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan asosiy maqsad foydalanuvchilarga xursandchilik ulashishdir.
Unutmaslik kerak-ki, biror kishiga ezgulik ulashishning boshqa yoʻllari ham mavjud, masalan, foydalanuvchi sahifasiga iliq soʻzlar bilan qoldirilgan izoh, sahifa tarixi boʻlimi orqali "rahmat aytish", shuningdek, shokolad, kofe kabi virtual sovgʻalar shular jumlasidandir.