Vosiq
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abū Jaʼfar Horūn ibn Muḥammad (arabcha: ; 812-yil 17-aprel — 847-yil 10-avgust), koʻproq hukmdorlik nomi Vosiq billoh (الواثق بالله, soʻzma-soʻz 'Allohga ishongan kishi') bilan mashhur, 842-yildan 847-yilgacha (Islomiy taqvim boʻyicha hijriy 227—232-yillar) Abbosiylar xalifasi.
Vosiq الواثق | |
---|---|
Xalifa Amir al-Moʻminin | |
Vosiqning oltin dinori. 843-yil Bagʻdodda zarb etilgan. | |
Abbosiylar xalifaligining 9-xalifasi | |
Saltanat | 842-yil 5-yanvar — 847-yil 10-avgust |
Oʻtmishdoshi | Muʼtasim |
Davomchisi | Mutavakkil |
Tugʻilishi |
812-yil 17-aprel Makka yaqini, Abbosiylar xalifaligi |
Vafoti |
847-yil 10-avgust (35 yoshda) Samarra, Abbosiylar xalifaligi |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | quyini qarang |
Farzandlari | Muhammad al-Muhtadiy |
Sulolasi | Abbosiylar |
Otasi | Muʼtasim |
Onasi | Qaratis |
Dini | Moʻtaziliy islom |
Manbalarda Vosiq bilimdon, aql-zakovatga qiziquvchan, shu bilan birga shoir va ichkilikboz, shoir va musiqachilar hamda olimlar davrasidan bahramand bo‘luvchi shaxs sifatida ta’riflangan. Uning qisqa hukmronligi otasi Muʼtasim siyosatining uzviy davomi boʻlgan. Chunki hokimiyat Muʼtasim tayinlagan amaldorlar qoʻlida boʻlishda davom etgan. Hukmronlikning asosiy voqealari qoʻzgʻolonlarni bostirish boʻlgan. Jumladan, 842-yil Suriyada, 845-yil Hijozda va 846-yilda Yamamada badaviylar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan. Armanistonni tinchlantirish uchun bir necha harakat qilgan. Eng muhimi 846-yilda Ahmad ibn Nasr al-Xuzoiy boshchiligida Bagʻdodda boʻlib oʻtgan muvafaqqiyatsiz qoʻzgʻolon boʻlgan. Vosiqning moʻtaziliylik taʼlimotini qoʻllab-quvvatlashda davom etgan va muxoliflarini yoʻq qilish uchun mihnani qayta faollashtirgan. Tashqi siyosatda Vizantiya imperiyasi bilan koʻp yillik ziddiyatlar davom etgan. Abbosiylar hatto Mauropotamosda muhim gʻalabaga erishgan, ammo 845-yilda asirlar almashinuvidan soʻng urush bir necha yilga toʻxtagan.
Vosiqning xarakteri boshqa abbosiy xalifalari bilan taqqoslaganda nisbatan noaniq. Aftidan, xalifa saroydagi dabdabali hayot bilan band bo‘lgan o‘troq hukmdor, qobiliyatli shoir, shoir va musiqachilar homiysi bo‘lgan, shuningdek, ilmiy ishlarga ham qiziqish bildirgan. Vosiqning kutilmagan oʻlimi tufayli merosxoʻr tayinlashga ulgurmagan. Vosiqning o‘g‘li Muhtadiy yoshligi tufayli, o‘gay ukasi Mutavakkil yetakchi amaldorlar guruhi tomonidan keyingi xalifa etib saylangan.