Vyetnam ayollar muzeyi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vyetnamning ayollar muzeyi (vyetnamcha: Bảo tàng Phụ nữ Việt Nam), Vyetnam Ayollar Ittifoqi tomonidan tashkil etilib va boshqarilib, 1995- yilda oʻz eshiklarini rasman ochgan. Toʻrt qavatli bino Xanoyda, Ly Thuong Kiet koʻchasida, markaziy Xoan Kiem koʻli va eski kvartal boʻylab joylashgan.
{{{nomi}}} | |
---|---|
Joylashuvi | {{{joylashuvi}}} |
Location | 36 Ly Thuong Kiet Str, Hoan Kiem, Hanoi |
U 2006-2010-yillarda taʼmirlanadi. [1] U Vyetnam ayollarining tarixiy va madaniy merosi haqida maʼlumot beruvchi gender muzeyi va tadqiqot markazi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Asosiy mavzu sifatida ayollarni koʻrsatish orqali u Vyetnam ayollarining Vyetnamning tarixiy va madaniy rivojlanishidagi muhim roli va hissaslarini yoritadi. Muzey, shuningdek, „tenglik, taraqqiyot va tinchlik“ ni taʼminlash maqsadida Vyetnamdagi ayollar va global jamiyatlar oʻrtasida madaniyatlararo almashinuvlar uchun platformani taqdim etadi. [2] Muzey uchta doimiy koʻrgazmadan iborat: (1) Oiladagi ayollar, (2) Tarixdagi ayollar va (3) Ayollar moʻdasi. Doimiy koʻrgazmalarda Vyetnam ayollarining mamlakat tarixi va zamonaviy jamiyatidagi rolini namoyon etadi.
Muzey shuningdek, zamonaviy Vyetnamda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar va yangi ishlanmalarni namoyish qilish uchun tematik koʻrgazmalar tashkil qilinadi. Muzeyning asosiy vazifasi — "Vyetnam ayollarining tarixi va madaniy merosi haqida jamoatchilik bilimi va tushunchasini oshirish boʻlgan. [1]