William Makepeace Thackeray
From Wikipedia, the free encyclopedia
William Makepeace Thackeray (1811-yil 18-iyul – 1863-yil 24-dekabr) – ingliz yozuvchisi va rassomi. U oʻzining satirik asarlari, xususan, 1847–1848-yillarda yozilgan Britaniya jamiyatining panoramik portretini aks etuvchi "Bekorchilar yarmarkasi" va 1975-yilda Stanley Kubrick tomonidan suratga olingan filmda oʻzlashtirilgan The Luck of Barry Lyndon (1844) nomli asarlari bilan mashxur.
William Makepeace Thackeray | |
---|---|
Tavalludi |
18-iyul, 1811-yil Britaniya, Hindiston, Calcutta |
Vafoti |
24-dekabr, 1863-yil (52 yosh)London, Britaniya |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Britaniya |
Taʼlimi | Cambridge universiteti qoshidagi Trinty kolleji |
Janr | Tarixiy fantastika |
Imzosi | |
Thackeray Britaniya Hindistonining[1] Calcutta shahrida tugʻilgan va 1815-yilda otasi vafotidan keyin Angliyaga yuborilgan. U turli maktablarda tahsil oldi va Yevropaga sayohat qilish uchun joʻnab ketishdan oldin Cambridge universiteti qoshidagi Trinty kollejida qisqa muddat oʻqishini davom ettirgan. Thackeray oʻz merosining katta qismini qimor oʻyinlari va muvaffaqiyatsiz gazetalarga sarflagan. Keyinchalik oilasini taʼminlash uchun jurnalistikaga murojat qilgan va dastlab Fraser's Magazine, The Times, Punch kabi juranallarda ishlagan. Uning rafiqasi Isabella ruhiy kasallikdan aziyat chekib vafot etgan. Thackeray oʻzining "Bekorchilar yarmarkasi" nomli romani bilan shuhrat qozondi va yana bir qancha mashhur asarlar yaratdi. U 1857-yilda parlamentga nomzodini qoʻyib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1860-yilda Cornhill jurnalini tahrir qildi. Thackerayning sogʻligʻi haddan tashqari ovqatlanish, ichish va harakat yetishmasligi tufayli yomonlashdi va ellik ikki yoshida insultdan vafot etdi.