Xalq tabobati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xalq tabobati (anʼanaviy tibbiyot)[1] — xalq tomonidan toʻplangan, kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda foydalaniladigan, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan empirik bilimlar yigʻindisi. Samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan xalq tabobati usullarining bir qismi zamonaviy tibbiyot tomonidan qabul qilingan. Xalq tabobati sehr, ezoterizm va muqobil elementlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Uning tarkibiga koʻpincha samarasiz yoki hatto xavfli davolash usullari ham kirgan. Xalq tabobati atamasi bir qatorda, anʼanaviy tibbiyot atamasi bilan bir xil maʼnoda uchraydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan taʼriflangan „Anʼanaviy Tibbiyot“ atamasi Yin-Yang ta'limoti ustiga qurilgan: Xitoy An'anaviy Tibbiyoti (Zhong yi - 中醫), Yapon An'anaviy Tibbiyoti (Kampo - 漢方医学), Koreys An'anaviy Tibbiyoti (Koryo -고려의학); Dosha (Hiltlar) ustiga qurilgan Hindlarning Ayurveda (आयुर्वेद), Tibet An'anaviy Tibbiyoti (Soua Rigpa - (བོད་ཀྱི་གསོ་བ་རིག་པ), Siddha An'anaviy tibbiyoti (சித்தா), Yunonlar An'anaviy Tibbiyoti (Tibbi Yunani - طب یونانی - Gippokrat, Galen, Ibn Sino maktabi), Yevropaning An'anaviy Tibbiyotiga esa Antroposofik an'anaviy tibbiyot (Anthroposophical medicine) va Gomeopatiya Tibbiyoti (Homoeopathy), Folklor-Xalq Tabobatlariga esa Arab Badaviylarining Folklor Xalq tabobati va mahalliy tibbiyotning boshqa shakllari kabi Afrika va Lotin Amerikalaridagi Kuranderizm Tabobati (El curanderismo) sohalarga tegishli hisoblanadi. Anʼanaviy tibbiyot milliy sogʻliqni saqlash tizimiga kiritilmagan mamlakatlarda koʻpincha „Qoʻshimcha-o'rinbosuvchi Tibbiyot“, „Muqobil tibbiyot“, „Integratsion tibbiyot“ deb ham nomlanadi[2].