Xorazm
Oʻzbek davlatchiligiga tamal toshi qoʻyilgan diyor / From Wikipedia, the free encyclopedia
Xorazm (arabcha: ) – Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi – qadimiy davlat[1][2][3] va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).
Xorazm | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
1190—1220-yillarda Xorazm imperiyasi. | |||||||
Poytaxti | Kat, Urganch, Xiva | ||||||
Til(lar)i | Xorazmiy, Xorazm-turkiy, | ||||||
Dini | Islom | ||||||
Boshqaruv shakli | Mutlaq monarxiya | ||||||
Meros boʻlib oʻtishi | |||||||
Xorazm XSR → | |||||||
Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qadimiy tarixiy hudud fanda 2 xil: Qadimiy Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. Xorazm haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Behistun kitoblari, qadimiy yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va hokazo) hamda ilk oʻrta asrlarning arab geograflari asarlarida mavjud.