Xovos
Xovos shaharchasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Xovos — Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi shaharcha (1960-yildan), tuman markazi (2004-yildan) hamda transport yoʻli chorrahasi. 1898-yilda Ursatyevskaya temir yoʻl stansiyasi sifatida barpo etilgan. Katta Oʻzbekiston trakti yonida, viloyat markazi Guliston shahridan 30 km uzoqlikda. Aholisi 27,3 ming kishidan ortiq (2004).[1]
Xovos | |
---|---|
shahar | |
40°13′11″N 68°50′24″E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Sirdaryo viloyati |
tuman | Xovos tumani |
Hukumat | |
Kamolov Uchqun Ibragimovich | |
Asos solingan | 1926-yil |
Ilk eslatilishi | 1897-yil |
Avvalgi nomlari | Ursatevskiy |
Aholisi | 27 300 |
Milliy tarkib | asosan o'zbeklar,shuningdek tojiklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 120711 |
Avtomobil kodi | 20 |
Xovosda neft bazasi, gʻisht, keramika, uzumni qayta ishlash zavodlari, un va non ktlari, MTP, avtokorxona, kurilish tashkilotlari, O'zbekiston — Xitoy „Xovos Fusin“ qoʻshma korxonasi (kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradi), dehqon bozori bor. 5 ta umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, kutubxonalar, madaniyat saroyi, klub muassasalari, markaziy stadion, markaziy kasalxona, temir yoʻl kasalxonasi va poliklinikasi, tez tibbiy yordam, tashxis markazlari mavjud.
Xovos temir yoʻl stansiyasi orqali Toshkent—Namangan—Andijon poyezdlari oʻtadi. Xovos — Guliston, Xovos — Farhod yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.[2]
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 19-fevral tumanga tashrifi natijasida Xovos tumanining yangi markazi Xovos City barpo etilayapti. Dasturga muvofiq tumanda 5 ta qavatli 30 ta koʻp qavatli uylar, dam olish maskanlari, maʼmuriy markaz va boshqa inshootlar qad koʻtaradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish ishlari sifatini koʻzdan kechirish uchun 2019-yil 19-iyul kuni yana bir marotaba Xovos tumaniga tashrif buyurdi.[3]