Yapon mushmulasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eriobotria japonica, yoki mushmula, yoki loquat yoki shesek[1] (lotincha: Eriobotrya japonica) – Rosaceae kenja oilasiga mansub doimiy yashil daraxt yoki buta. Manzarali va mevali oʻsimlik. Tashqi koʻkalamzorlashtirishda ishlatiladi, lekin balkonlar, teraslar, ayvonlar, verandalar va boshqalarda uy oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Madaniy shakllar koʻplab navlar shaklida mavjud: shampan, Tanaka, Thales va boshqalar. Ulardan Xitoyda 1000 tagacha, Yaponiya, Jazoir va Ispaniyada 100 dan ortiq navlari tasvirlangan. Rossiyada u Krasnodar oʻlkasining Qora dengiz sohilida (Tuapse, Sochi) oʻstiriladi. Ular kuzda gullaydigan va qish-bahor davrida pishib yetadigan yagona subtropik mevali oʻsimlik boʻlib, juda koʻp foydali vitaminlarga boy. Oʻzbekistonning ham moʻtadil iqlimiga oʻxshash joylarda yetishtiriladi. Juda keng tarqalmagan boʻlsa ham, orada uy-joylardagi bogʻlar va manzarali oʻsimlik shaklida ekiladi. Iqlim jihatdan Toshkent va Fargʻona vodiysida oʻsib meva berish ehtimoli juda yuqori. Qishda ham barglarini butunlay tashlamaydi, mavsumiy sugʻorish darajasiga qarab barglarini navbati bilan toʻkib boradi. Qattiq sovuqda ham yashil barglari saqlanib, oʻziga xos manzarani hosil qiladi.
| |
Ilmiy tasniflash | |
---|---|
Olam: | Oʻsimlik |
Kenja oila: | Eriobotrya |