Yaponiya geografiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yaponiya Tinch okeanining gʻarbiy qismida joylashgan hamda stratovulqon arxipelaglardan tashkil topgan orol davlatdir[5] Yaponiya 6 852 ta oroldan iboratdir.[6]. Eng katta beshta asosiy orollari — Hokkaido, Honshu, Kyushu, Shikoku va Okinava. Ryukyu orollari va Nanpu orollari asosiy orollarning janubi va sharqida joylashgan.
Qisqa faktlar Qitʼa, Mintaqa ...
Qitʼa | Osiyo |
---|---|
Mintaqa | Sharqiy Osiyo |
Koordinatalar | 36°N 138°E G O |
Maydoni | 62-oʻrin |
• Jami | 377,976.41[1] km2 (145,937.51 mi²) |
• Yer | 87.93099% |
• Suv | 6.76% |
Qirgʻoq chizigʻi | 29 751 km |
Eng yuqori nuqta |
Fuji togʻi 3,776 m (12,388 ft)[2] |
Eng past nuqta |
Hachirōgata −4 m (−13 ft)[2] |
Eng uzun daryo |
Shinano daryosi 367 km (228 mi)[3] |
Eng yirik koʻl |
Biwa koʻli 671 km2 (259 mi²)[4] |
Yopish
Maydoni — 377,976.41 km2 (145,937.51 mi²).[1] Maydoniga koʻra, Yaponiya jahonda toʻrtinchi eng yirik orol mamlakat, Sharqiy Osiyoda esa eng yirik orol mamlakatdir[7]l Yaponiya qirgʻoq chiziqlari uzunligi 29 751 km (18 468 mi) boʻlib, bu koʻrsatkich bilan jahonda oltinchi oʻrinda turadi[8].