AC Milan
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Milan" futbol klubi (italyancha: Associazione Calcio Milan) — Italiya professional futbol klubi. „Milan“ dunyoning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri: xalqaro kuboklar soni boʻyicha 1-oʻrinda (18ta); UEFA Chempionlar Ligasining (Yevropa Chempionlar Kubogi) 7 karra sohibi (2-oʻrin), demak ushbu kubokni oʻzida abadiy saqlash huquqiga ega (hammasi boʻlib bunday sharafga Yevropaning 5 jamoasi — Real Madrid C.F., AFC Ajax, Bayern Munich, Liverpool — sazovor). UEFA superkubogida eng koʻp marta (5) gʻalaba qozongan.
AC Milan | |||
Toʻliq nomi | Associazione Calcio Milan | ||
Laqabi | Rossoneri (qizil-qoralar) | ||
Asos solingan | 1899 | ||
Stadion | Giuseppe Meazza (San Siro), Milan, Italiya | ||
Stadion hajmi | 80 018 | ||
Rahbari | ITA | ||
Murabbiyi | ITA | ||
Musobaqasi | |||
2021-22 | 1-oʻrin | ||
|
Dunyoning eng qimmat klublari qatoriga kiradi, Forbes jurnalining 2011-yil aprel oyidagi baholariga koʻra klub qiymati — $838 million.
2010 yilning 25-iyunida Leonardo isteʼfoga chiqqach, Massimiliano Allegri „Milan“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. Klub vitse-prezidenti — Adriano Galliani.
Milan futbol klubi Juventus bilan birgalikda Italiya futbol jamoalari orasida LGBTni rasman qoʻllab-quvatlagan jamoalar hisoblanadi[1].