Jaloliddin Manguberdi
Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori / From Wikipedia, the free encyclopedia
Jaloliddin Manguberdi (arabcha: — Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq ismi – Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) – Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli, kelib chiqishi turkmanlarning Begdili urugʻiga borib taqaladi[1][2]. Jaloliddin 33 yil umr koʻrgan boʻlib, shundan 11 yili turli janglar ichida oʻtgan. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi – Oychechak boʻlgan. Dastlab u taxt uchun asosiy da'vogar hisoblanmagan, chunki onasi Oychechak Aluddin Xorazmshoh haramidagi kanizaklardan biri edi. Taxt vorisi G'iyosiddin Pirshoh bo'lgan va uning taxt borasidagi da'volarini onasi Terken Xotun qo'llab quvvatlagan. Ammo, otasi o'limi oldidan Jaloliddinni taxt vorisi qilib tayinlaydi. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun ham Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Jaloliddin Manguberdi | |
---|---|
Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan 25 so‘mlik tanga. 1999-yil. | |
Davlat nomi | Xorazmshohlar |
Tugʻilishi |
Mankburni Manguberdi 1198-yil |
Vafoti |
1231-yilning avgust oyida Diyorbakir viloyati Silvan tumani Ayn Dar qishlogʻi |
Dafn etilgan joy |
Silvan yoki Tuncelida ekani taxmin qilinadi |
Sulola | Anushteginiylar |
Otasi | Muhammad Xorazmshoh |
Onasi | Oychechak |
Dini | Islom |