Mari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mari (turkmancha:maɾɯ, 1937-yilgacha — Marv (forscha: مرو))) — Turkmanistondagi shahar, Mari viloyati markazi, Murgʻob daryosi va Qoraqum kanali boʻyida. Mari tuguni. Ashxobodan 343 km uzoqlikda. Aholisi 126,1 ming kishi (2010-yil). Rossiya Turkmanistonni bosib olganidan keyin Marv okrugining harbiy-maʼmuriy markazi sifatida 1884-yilda barpo qilingan (1917-yildan oldin Zakaspiy viloyatining uyezd markazi edi).
Turkmanobod | |
---|---|
shahar | |
37°36′0″N 61°50′0″E G O | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Viloyat | Mari viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Kakagelgi Gurbanov |
Ilk eslatilishi | 1884 |
Avvalgi nomlari | Marv |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2010) |
126 141 |
Milliy tarkib | turkmanlar, ruslar, tatarlar, armanlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar, xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +993 522 |
Pochta indeks(lar)i | 745400 |
Avtomobil kodi | MR |
Yengil, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari korxonalari, mashinasozlik zavodi bor. M. yonida tabiiy gazda ishlaydigan GRES ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, kasb-hunar, musiqa maktablari, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, tarix muzeyi, kutubxonalar, madaniyat uylari, teatr, madaniyat va istirohat bogi, kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Aeroport bor. Shahardan 30 km sharqda qad. Marv qoldiklari saqlangan.[1]