Podshoh Fahd xalqaro aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Podshoh Fahd xalqaro aeroporti (arabcha: ; abbr. KFIA) (IATA: DMM, ICAO: OEDF), Dammom xalqaro aeroporti yoki oddiygina Dammom aeroporti yoki Podshoh Fahd aeroporti nomlari bilan ham tanilgan, Saudiya Arabistonining Dammom shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport hisoblanadi. Aeroport Dammom shahri markazidan 31 kilometr (19 milya) shimoli-gʻarbda joylashgan boʻlib, Saudiya Arabistonining sobiq qiroli Fahd ibn Abdulaziz as-Saud (1921–2005) sharafiga nomlangan. Aeroport Saudiya Arabistonining butun Sharqiy viloyatiga xizmat koʻrsatadi va qirollikdagi toʻrtta asosiy xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi.
Podshoh Fahd xalqaro aeroporti مطار الملك فهد الدولي | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: DMM – ICAO kodi: OEDF | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi | ||
Operator | Dammam Airports Company | ||
Xizmat doirasi | Dammom, Sharqiy viloyati, Saudiya Arabistoni | ||
Joylashuvi | Dammom gubernatorligining shimoli-gʻarbiy qismida Dammom shahri markazidan 31 km shimoli-gʻarbda | ||
Ochilgan | 28-noyabr, 1999-yil (24 yil avval) (1999-11-28) | ||
Havo yoʻli tuguni | |||
Dengiz sathidan balandligi | 72 ft / 22 m | ||
Koordinatalari | 26°28′16.3″N 049°47′54.9″E G O | ||
Vebsayti | kfia.gov.sa | ||
Xarita | |||
Aeroportning Saudiya Arabistoni xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
16R/34L | 13,123 | 4,000 | Asfalt |
16L/34R | 13,123 | 4,000 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2016) | |||
Yoʻlovchilar soni | 9,690,000+ | ||
Yuk (tonna) | 138,870 | ||
Parvozlar soni | 90,134 | ||
Ilgari AQSh aviabazasi sifatida asosan Koʻrfaz urushi paytida foydalanilgan boʻlsa, 1999-yil 28-noyabrdan beri aeroport tijorat reyslarini qabul qiladi va oʻsha vaqtdan beri 43 ta yoʻnalishga parvozlarni taʼminlash uchun kengaytirilgan. Podshoh Fahd aeroportidan oldin viloyatga xizmat koʻrsatadigan asosiy aeroport ancha gavjum Dahron xalqaro aeroporti edi, Fahd aeroporti fuqaro samolyotlarini qabul qila boshlagach, Dahron harbiy aviabazaga aylantirildi va hozirda Podshoh Abdulaziz aviabazasi deb nomlanadi. 2017-yil 1-iyuldan boshlab aeroport Dammam Airports Company (DACO) tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi[2][3]. Aeroport tarixida tijoriy reyslar faqatgina bir marta toʻxtatilgan. Oʻshanda Saudiya Arabistoni axborot agentligi (SPA) 2020-yil 21-mart kuni COVID-19 pandemiyasi tufayli Saudiya ichida va tashqarisidagi barcha mahalliy va xorijiy reyslar toʻxtatilgani eʼlon qilingan edi[4]. Mahalliy reyslar 2020-yil 31-mayda[5], xalqaro reyslar esa 2021-yil 17-mayda[6] tiklandi.
Aeroport yoʻlovchilar soni boʻyicha podshohlikning uchinchi yirik aeroporti sanaladi. Har yili 10 milliondan ortiq yoʻlovchi Dammom aeroportidan foydalanadi va 37 aviakompaniya aeroportdan mahalliy va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi. Aeroport Saudia va Flynas uchun markaz boʻlib xizmat qiladi. Hozirda faoliyat koʻrsatmagan Sama aviakompaniyasi uchun ham markaz boʻlib xizmat qilgan. Ushbu aviakompaniyalardan tashqari Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi xodimlarini Yanbu, Tanajib va Shayba kabi strategik joylarga tashish uchun Saudi Aramco Aviation aviakompaniyasi ham aeroportdan foydalanadi[2].
Aeroportda ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud: ikkalasining ham uzunligi 4 kilometr (2,5 mil)dan. Shuningdek, uchta terminal binosi bor: Yoʻlovchi terminali yoʻlovchilarning asosiy qismiga, Aramco terminali Saudi Aramco Aviation reyslarida uchadigan neft kompaniyasi xodimlariga va Qirollik terminali Saudiya qirollik oilasiga xizmat koʻrsatadi. Dammom va boshqa shahar oʻrtasida amalga oshiriladigan eng gavjum yoʻnalish Dubay yoʻnalishi boʻlib, haftasiga 70 ta reys amalga oshiriladi.