Sariqamish koʻli
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sariqamish koʻli (turkmancha: Sarygamyş köli) – Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston respublikalari hududidagi koʻl. U Kaspiy dengizi va Orol dengizining oʻrtasida joylashgan. Sariqamish Turkmanistondagi eng katta koʻl boʻlib, butun koʻl hududining toʻrtdan uch qismi ushbu davlat hududiga toʻgʻri keladi (chorak qismi Oʻzbekistonga toʻgʻri keladi). Sariqamish havzasi va Amudaryoning Sariqamish boʻyi deltasi Turkmanistonning Toshhovuz viloyatining fizik-geografik tabiat rayonlaridir.
Sariqamish koʻli | |
42°0′0″N 57°20′0″E G O | |
2001-yil dekabr | |
Mamlakatlar | Turkmaniston Oʻzbekiston |
Tuman | Toshhovuz |
Yuzasi | 5 000 km² |
Hajmi | 68,56 km³ |
Eng katta chuqurligi | 40 (130 fut) m |
Oʻrtacha chuqurligi | 8 (26 fut) m |
Sariqamish soyligidagi koʻlning uzunligi 100–120 km, eni 30–40 km, chuqurligi 30–40 m ni tashkil etadi. Shimolidan janubiy-sharq tomonga choʻzilgan. Gʻarbiy qirgʻogʻi tik. Koʻlning suv sathi Xorazm vohasini kesib oʻtadigan Ozyorniy (Koʻllar birlashmasi) kollektoridan kelib quyiladigan suv miqdoriga qarab oʻzgarib turadi. Koʻl suvining shoʻrligi sharqida 6—7‰, gʻarbida 12‰. Maydoni sharqiy qirgʻoq hisobiga kengayib, chuqurligi ortib bormoqda. Koʻlda sazan, laqqa baliq, ilonbosh va boshqa turli xil baliqlar koʻp[1].
17-asrgacha koʻl Kaspiy dengizigacha davom etgan Amudaryoning taqsimlovchisi boʻlgan Oʻzboʻy daryosidan toʻyingan. Bugungi kunda uning asosiy suv manbai Amudaryodan keladigan kanal, shuningdek, pestitsidlar, gerbitsidlar va ogʻir metallarning yuqori miqdoriga ega boʻlgan atrofdagi sugʻoriladigan yerlardan oqadigan suvlardir.