Qutuz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sayfiddin Qutuz (arabcha: قطز), shuningdek, Kutuz, Kotuz[1] va toʻliq ismi Al-Malik al-Muzaffar Sayf ad-Din Qutuz ( الملك المظفر سيف الدين قطز), harbiy boshliq va Misrdagi turkiy Mamluk sultonlarining uchinchisi yoki toʻrtinchisi[sharh 1][2] boʻlgan[3][4][5]. U 1221-yil 2-noyabrda tugʻilgan, 1260-yil 24-oktabrda vafot etgan va 1259-yildan 1260-yilda oʻldirilguniga qadar bir yildan kamroq vaqt mobaynida Sulton sifatida hukmronlik qildi, lekin yigirma yil davomida amalda hukmdor boʻlib xizmat qildi.
Sayfiddin Qutuz | |
---|---|
Al-Malik al-Muzaffar Sayfiddin Qutuz | |
Qohiradagi Qutuz byusti | |
Misr sultoni | |
Mansab davri 1259-yil 12-noyabr – 1260-yil 24-oktyabr | |
Oʻtmishdoshi | Al-Mansur Ali |
Vorisi | Beybars |
Suriya sultoni | |
Mansab davri 1260-yil sentyabr – 1260-yil 24-oktyabr | |
Sulton noibi | |
Mansab davri x – 1259-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Mahmud ibn Mamdud 1221-yil 2-noyabr Xorazm |
Vafoti |
24-oktyabr 1260-yil(1260-10-24) (38 yoshda) Al-Solihiya, Mamluklar davlati |
Millati | Turkiy |
Onasi | Xonsulton |
Otasi | Ibn Mamdud |
Qarindoshlari | Jaloliddin Manguberdi Muhammad Xorazmshoh |
Dastlab u Misrga qullikka sotilgan va 20 yil davomida Sulton noibi darajasiga koʻtarilib, taxt ortidagi kuchga aylandi. U 1249—50 yillarda Misrga bostirib kirgan Yettinchi Salib yurishlarini magʻlub etishda koʻzga koʻringan edi. 1259-yilda Misr moʻgʻullar tomonidan tahdid qilinganda, u harbiy jihatdan yetakchilikni oʻz qoʻliga oldi va keyin hukmronlik qilayotgan 15 yoshli sulton Al-Mansur Alini taxtdan agʻdardi. Suriya va Bagʻdoddagi islomiy kuch markazlari moʻgʻullar tomonidan bosib olindi va Islomiy kuchlarning markazi Misrga koʻchirildi va bu moʻgʻullarning navbatdagi nishoniga aylandi. Qutuz Misrning azaliy dushmani salibchilar bilan shartnoma tuzib, moʻgʻullarga qarshi chiqish uchun shimolda Misr mamluk qoʻshinini boshqargan.
Ayn-Jalut jangi 1260-yil 3-sentyabrda Jalilaning janubi-sharqiy qismida Misr mamluklar qoʻshini bilan moʻgʻullar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Moʻgʻullar Qutuz qoʻshinlari tomonidan qattiq magʻlubiyatga uchradi, bu tarixiy burilish nuqtasi hisoblanadi. Qutuz Qohiraga zafarli qaytish paytida Mamluklar yetakchisi Beybars tomonidan oʻldirildi. Qutuzning saltanati qisqa boʻlsa-da, u islom olamidagi mashhur Mamluk sultonlaridan biri boʻlib, islom tarixida yuksak mavqega ega boʻldi[6].